Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼul shaxslari faoliyat yuritmagan bogʻchalar uchun soxta maʼlumotlar asosida 1,3 mlrd soʻm subsidiya olib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilmoqda..