Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

50 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar

Дата публикации: 30-09-2026 10:36:00

O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilariga grant, xalqaro sertifikatli ustalarga ustama va 200 mln so‘mgacha mukofot joriy etiladi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260930/imtiyoz-texnikum-ozgarish-60852214.html

50 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar

50 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilarining 50 foiziga davlat granti ajratiladi. Xalqaro sertifikatli ustalarga 50 foiz ustama, kasb tanlovi g‘oliblarini tayyorlaganlarga 200 mln so‘mgacha mukofot beriladi.

2026-09-30T15:36+0500

2026-09-30T15:36+0500

2026-09-30T15:36+0500

ta’lim

jamiyat

texnikum

imtiyoz

soliq

shavkat mirziyoyev

o‘qituvchilar

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60851900_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_c6db35effba3773183ba3135138a6adf.jpg

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilari uchun davlat grantlari joriy etiladi, xalqaro sertifikatga ega ustalarga 50 foiz ustama to‘lanadi. Kasb musobaqalari g‘oliblarini tayyorlagan ustozlar esa 200 million so‘mgacha mukofot oladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgan uchrashuvda kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.So‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Xitoyning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etildi. 25 mingta korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ortiq yosh o‘qish bilan bir vaqtda daromad olish imkoniga ega bo‘ldi.Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga tatbiq etiladi.Kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega texnikum ustalariga:— 50 foiz ustama to‘lanadi;— sertifikat olish xarajati to‘liq qoplanadi;— har yili 500 nafar usta Germaniya, Shveysariya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlarda stajirovka o‘taydi.Ilk bor o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasb tanlovida 170 ming o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblarni tayyorlagan 120 nafar usta 40 million so‘mgacha mukofot oldi.Endi tanlov har yili o‘tkaziladi. Mintaqaviy va xalqaro kasb tanlovi g‘olibini tayyorlagan ustaga 100 million so‘m, jahon miqyosidagi nufuzli musobaqa g‘olibini tayyorlagan ustozga 200 million so‘m mukofot beriladi.Xususiy texnikumlar uchun ham yangi imtiyozlar belgilanmoqda. Sanoat, servis va infratuzilma kabi ustuvor sohalarga kadr tayyorlaydigan xususiy texnikumlarda kelasi o‘quv yilidan o‘quvchilarning 50 foiziga davlat granti ajratiladi.Xususiy texnikum tashkil etadigan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va yer narxi bo‘yicha chegirmalar beriladi. Xalqaro ta’lim dasturi yoki franshiza olib kelish xarajatining 75 foizi qoplanadi, o‘quv laboratoriyalari va jihozlarini import qilish bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

https://oz.sputniknews.uz/20260720/uzbekistan-integratsiya-talim-dasturlar-59149159.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60851900_285:0:2560:1706_1920x0_80_0_0_baa0dd8456c7f9a1dd00947b11bee7d3.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

ta’lim, jamiyat, texnikum, imtiyoz, soliq, shavkat mirziyoyev, o‘qituvchilar

ta’lim, jamiyat, texnikum, imtiyoz, soliq, shavkat mirziyoyev, o‘qituvchilar

Obuna bo‘lish

O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilariga grant, xalqaro sertifikatli ustalarga ustama va 200 mln so‘mgacha mukofot joriy etiladi.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekistonda xususiy texnikum o‘quvchilari uchun davlat grantlari joriy etiladi, xalqaro sertifikatga ega ustalarga 50 foiz ustama to‘lanadi. Kasb musobaqalari g‘oliblarini tayyorlagan ustozlar esa 200 million so‘mgacha mukofot oladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgan uchrashuvda kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qildi.

So‘nggi ikki yilda 104 ta texnikumga Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Xitoyning xalqaro ta’lim dasturlari joriy etildi. 25 mingta korxona bilan hamkorlik natijasida 100 mingdan ortiq yosh o‘qish bilan bir vaqtda daromad olish imkoniga ega bo‘ldi.

Shu yildan dual ta’lim asosida kasb o‘rganayotgan yoshlarga 1 million 300 ming so‘mgacha stipendiya to‘lanmoqda. 2026-yildan texnikum o‘quvchilariga stipendiya joriy etilishi avval ham belgilangan edi.

Xalqaro dasturlar bosqichma-bosqich barcha texnikumlarga tatbiq etiladi.

Kelasi yildan xalqaro kasb sertifikatiga ega texnikum ustalariga:

— 50 foiz ustama to‘lanadi;
— sertifikat olish xarajati to‘liq qoplanadi;
— har yili 500 nafar usta Germaniya, Shveysariya, Turkiya, Xitoy va boshqa davlatlarda stajirovka o‘taydi.

Ilk bor o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" kasb tanlovida 170 ming o‘quvchi ishtirok etdi. G‘oliblarni tayyorlagan 120 nafar usta 40 million so‘mgacha mukofot oldi.

Endi tanlov har yili o‘tkaziladi. Mintaqaviy va xalqaro kasb tanlovi g‘olibini tayyorlagan ustaga 100 million so‘m, jahon miqyosidagi nufuzli musobaqa g‘olibini tayyorlagan ustozga 200 million so‘m mukofot beriladi.

Eng yaxshi o‘quvchilar va ustalar 2028-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan kasblar bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorlanadi.

Xususiy texnikumlar uchun ham yangi imtiyozlar belgilanmoqda. Sanoat, servis va infratuzilma kabi ustuvor sohalarga kadr tayyorlaydigan xususiy texnikumlarda kelasi o‘quv yilidan o‘quvchilarning 50 foiziga davlat granti ajratiladi.

Xususiy texnikum tashkil etadigan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari va yer narxi bo‘yicha chegirmalar beriladi. Xalqaro ta’lim dasturi yoki franshiza olib kelish xarajatining 75 foizi qoplanadi, o‘quv laboratoriyalari va jihozlarini import qilish bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

V uchebnoy auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026

20 Iyul, 12:39

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi01030-09-2026
2Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi05.9930-09-2026
3Olti baravargacha qimmat: Toshkentda ayrim dorixonalar narxlarni oshirib sotgan020.6605-10-2026
4O‘zbekiston sanoatida qaysi tarmoq eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarmoqda015.0902-10-2026
5Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi012.1402-10-2026
6Tashqi savdo 7,6 foiz o‘sdi016.0403-10-2026
7O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar013.0604-10-2026
8Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, yangi bojxona strategiyasi, SI — video013.1330-09-2026
9Душанбе ба Боку таъсиси долони сабзи рақамӣ аз Осиё то Аврупо пешниҳод кард06.1427-09-2026
10Пахтачиликни ривожлантиришда «Янги агроном» ва «Устоз-шогирд» тизимлари жорий этилмоқда012.2129-09-2026

Классификация: Национальные проекты. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 14.59. Источник: oz.sputniknews-uz.com.