Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Pedofillar endi umrbod qamalishi mumkin: Senat tegishli qonunni ma’qulladi

Дата публикации: 02-10-2026 08:01:00

Qonun 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish va boshqa o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20261002/pedofillar-umrbod-qamalish-60910733.html

Pedofillar endi umrbod qamalishi mumkin: Senat tegishli qonunni ma’qulladi

Pedofillar endi umrbod qamalishi mumkin: Senat tegishli qonunni ma’qulladi

Sputnik O‘zbekiston

Xususan, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar uchun uzoq muddatga – 25-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

2026-10-02T13:01+0500

2026-10-02T13:01+0500

2026-10-02T13:01+0500

jamiyat

o‘zbekiston

o‘zbekiston oliy majlisi senati

bolalar

javobgarlik

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/15/44460702_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7fa44d8288f1c4737ff27e67091fddae.jpg

TOShKENT, 2 okt – Sputnik.O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Jinoyat-ijroiya va Mehnat kodeksiga hamda bir qator qonunlarga prinsipial va qat’iy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.Ushbu toifadagi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddati o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi. Shuningdek, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qilish va muddatidan ilgari shartli ozod qilish taqiqlanadi.Sud va tergov jarayonlarida bolalarni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish maqsadida zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi bilan o‘tkazish hamda bolaga protsessual jarayon boshidanoq davlat hisobidan bepul advokat ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.Shuningdek, ta’lim va tarbiya muassasalari xodimlari tomonidan bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganda, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asosi kiritilmoqda.Qolaversa, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, shahvoniy shilqimlik, nikoh yoshini buzish hamda bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy jazolar keskin kuchaytirilmoqda.Senatorlar ushbu qonun jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga, sodir etilgan qilmish uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga hamda har bir bolaning xavfsiz va adolatli muhitda kamol topishiga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

https://oz.sputniknews.uz/20260927/mirziyoeva-olim-jazo-fikr-60768554.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/15/44460702_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_df31fc79919ef8223dbfac154662b3a9.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, bolalar, javobgarlik

jamiyat, o‘zbekiston, o‘zbekiston oliy majlisi senati, bolalar, javobgarlik

Obuna bo‘lish

Qonun 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish va boshqa o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik.O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Jinoyat-ijroiya va Mehnat kodeksiga hamda bir qator qonunlarga prinsipial va qat’iy o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar uchun uzoq muddatga – 25-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda.

Ushbu toifadagi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddati o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi. Shuningdek, bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan shartli hukm qilish va muddatidan ilgari shartli ozod qilish taqiqlanadi.

Sud va tergov jarayonlarida bolalarni qayta ruhiy jarohatlanishdan himoya qilish maqsadida zo‘ravonlikdan jabrlangan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi bilan o‘tkazish hamda bolaga protsessual jarayon boshidanoq davlat hisobidan bepul advokat ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, ta’lim va tarbiya muassasalari xodimlari tomonidan bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganda, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish asosi kiritilmoqda.

Qolaversa, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, shahvoniy shilqimlik, nikoh yoshini buzish hamda bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy jazolar keskin kuchaytirilmoqda.

Senatorlar ushbu qonun jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga chek qo‘yishga, sodir etilgan qilmish uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga hamda har bir bolaning xavfsiz va adolatli muhitda kamol topishiga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2026

27 Sentabr, 10:26

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytirishni ma’qulladi015.5602-10-2026
2Pedofillar yillar o‘tsa ham javobgarlikdan qocha olmaydi, ota-onalar mas’uliyati ham kuchayadi015.0929-09-2026
3Senate passes sweeping college sports bill to regulate athlete pay, transfers05.0429-09-2026
4Aimee's Law advances out of committee, heading to Senate06.5429-09-2026
5Aimee's Law advances out of committee, heading to Senate06.5429-09-2026
6WV SB114018.5326-02-2026
7WV SB1014017.7919-02-2026
8Sanders introduces bill to ban the federal government from using Flock08.2603-10-2026
9New bill aims to bring stability to college NIL, athlete protections06.7530-09-2026
10Senate Democrats force vote on Israel's human rights practices in West Bank05.1729-09-2026

Классификация: Общество. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 12.84. Источник: oz.sputniknews-uz.com.