Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Toshkent Afg‘onistondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi

Дата публикации: 28-07-2026 12:09:00

Toshkent poytaxt bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish uchun Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu rejalar O‘zbekiston delegatsiyasining Bomiyon va Hirot viloyatlaridagi muzokaralarida muhokama qilindi.

Основное содержимое страницы с новостью.

Toshkent Afg‘onistondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi

Foto: Toshkent shahri hokimligi

Toshkent poytaxt bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish uchun Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu rejalar O‘zbekiston delegatsiyasining Bomiyon va Hirot viloyatlaridagi muzokaralarida muhokama qilindi.

Toshkent Afg‘onistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xarid qilish masalasini muhokama qildi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Poytaxt va uning tumanlari hokimliklari hamda biznes hamjamiyati vakillari hukumat delegatsiyasi tarkibida amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi.

Tashrifning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekiston, xususan Toshkent shahri va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmini sezilarli darajada oshirish bo‘lgan. Shu bilan birga, oziq-ovqat, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, avtomobilsozlik, kimyo hamda boshqa sanoat tarmoqlarida eksport hajmini kengaytirish, mazkur yo‘nalishlarga investitsiyalarni jalb etish ham ko‘zda tutilgan.

25-iyul kuni Toshkent delegatsiyasi Bomiyon va Hirot viloyatlarida o‘tkazilgan muzokaralarda ishtirok etgan.

“Uchrashuvlar davomida ushbu hududlarda savdo uylarini tashkil etish, shuningdek, Toshkent shahri bozorlarida narxlar barqarorligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.

Muzokaralar yakunida “o‘zaro manfaatli va istiqbolli kelishuvlar”ga erishildi, deya qo‘shimcha qildi hokimlik.

Avvalroq Qobul shahrida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Afg‘onistonning transport va aviatsiya vaziri Muhammad Fozil Mazlum o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Ular O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvchilardan undiriladigan yig‘imlarni qisqartirish va ularni o‘zaro tenglik tamoyili asosida belgilashni muhokama qilgan.

Telegram Telegram kanalga a'zo bo‘ling

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Afg‘oniston savdosi Markaziy Osiyoga burildi — O‘zbekiston asosiy yetkazib beruvchilar qatorida07.9702-08-2026
2Ўзбекистонда қоладиган АҚШ учоқлари, Толибоннинг янги элчиси, носозликка учраган Qanot Sharq07.0727-08-2024
3Озиқ-овқат маҳсулотлари хавфсизлиги қўмитасининг вазифалари белгиланди01023-07-2026
4O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik haqida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushirildi08.3628-07-2026
5Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli haydovchiga xavfli manyovrlari uchun bayonnoma tuzildi010.8728-07-2026
6Shavkat Mirziyoyev 9 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi010.8728-07-2026
7Statqo‘m: 2025-yilda 11 040 ta nikohda kelin kuyovdan katta bo‘lgan.013.9607-08-2026
8Kolonka. Peshtaxtami yoki bozor — Toshkent xalqaro moliya markazidan nimalar kutilyapti?010.3228-07-2026
9"Талибан" выразил желание построить плодотворные отношения с Узбекистаном0001-09-2021
10Узбекистан намерен восстанавливать транспортные связи с Афганистаном0020-09-2021

Классификация: Международные. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 9.78. Источник: www.gazeta.uz.